Indeks bu nima?

Indeks bu nima?

Ular ma'lum kompaniyalar, sektorlar yoki hududlarni ifodalovchi portfeldagi aksiyalar yoki boshqa moliyaviy vositalar narxlaridagi o'zgarishlarni o'lchash uchun ishlatiladi.

 

Indekslar Benchmark (o’lchov birligi) sifatida foydalaniladi va investorga daromad darajasini solishtirishni osonlashtiradi.

Endi soddaroq tushuntiraman:

Masalan, S&P 500 nomli indeks mavjud. Bu AQSH fond bozoridagi kapitalizatsiyasi eng katta 500 ta kompaniyalarning yeg’indisi. Fotoda aynan shu indeks ko’rsatilgan. Kataklarning o’lchami – bu kompaniyaning shu 500 talikdagi kattalik nisbatini ko’rsatadi. Ya’ni, AAPL Kapitalozatsiyasi bo’yicha AQSH fond bozoridagi eng katta 500 kompaniyaning  7% ni tashkil qiladi.

 

Indekslar bu juda muhim indikator. Mohiyati bo’yicha ular pulsometrga o’xshaydi. Indekslar mamlakat, bozor, sektor va industriyalarning holatini o’lchashga yordam beradi.

 

Indekslar asosida ETF fondlar shakllantiriladi. Lekin ETF lar haqida keyingi maqolada gapirib beraman.