URUSH VA AKSIYALAR

URUSH VA AKSIYALAR

Ikkala jahon urushlari vaqtida ham biz deyarli bir xil dinamikani ko’rishimiz mumkin. Ya’ni, g’oliblar fond bozori o’sadi va mag’lublar aksiyalarining qiymati tushadi.

Urush vaqtida Buyuk Britaniya fond bozori 1940-yilga kelib o’zini minimumiga keladi. Lekin bundan so’ng faqat yuqoriga ko’tarilishda davom etadi.

Fransiyaga esa ikkinchi jahon urushi hatto daromadli bo’lgan. Chunki Germaniya Fransiya kompaniyalariga tanklar va boshqa texnikaga buyurtmalar bergan.

AQSh fond bozor o’z minimumini 1942-yilda bosib o’tadi va bunda so’ng juda tez o’sishda davom etadi. AQSh ikkala jahon urushlaridan yutuq bilan chiqqan. Urushayotgan mamalakatlarga qurol, texnika, oziq ovqatlar sotish va qarz berish orqali yaxshi daromad qilgan. AQSh harbiy sanoat kompaniyalari urushlar vaqtida 200-300% ga o’sgan.

 

Germaniya va Yaponiya esa urushdan so’ng mutloq bankrot bo’lgan va iqtisodini noldan qurishga majbur bo’lgan.

 

Bu ma’lumotlarda bizga nima bera oladi?

  1. Ko’rib turganingizdek, hatto urushlar ham investorning sifatli portfeliga uzoq muddat ta’sir ko’rsata olmaydi. O’rtacha 2 yil va uzog’i 3 yil og’ishda (просадка) turishi mumkin.
     
  2. Ba’zi mamlakatlarning fond bozori butunlay qulagan. Shuning uchun ham investor doimo diversifikatsiya qilishi lozim. Diversifkatsiya bir nechta darajali bo’ladi:
    1. Instument ichida (5-10 ta aksiya)
    2. Sanoatlar aro (5 ta IT, 5 ta Neft sanoati)
    3. Instumentlar aro (aksiya, oltin, ETF va hk)
    4. Mamlakatlar aro
    5. Brokerlar aro va b.

 

Man talabalarimga va mijozlarimga doimo diversifikatsiyani muhimligi haqida gapirib kelaman. Bu investitsiyada «bepul pishloq» deyiladi. Diversifikatsiya qilgan investor yutuq bilan chiqish imkoni ko’p marotaba oshadi.

Keling endi urush vaqtida kapitalni saqlaydigan eng yaxshi aktivlarni ko’rib chiqamiz.

  • AQSh aksiyalari 2-jahon urushi vaqtida yiliga 17%dan daromad bergan. Agar portfelda mag’lub davlatlar aksiyalari bo’lganida ham investor daromad bilan chiqar edi.
  • Oltin o’zini yaxshi ko’rsatadi – daromad inflyatsiyadan salgina yuqori beradi. Lekin oltinni jismoniy holda uyda saqlash lozim va u haqida hech kim bilmagani yaxshi. Hukumat oltinni tortib olgan holatlar ko’p bo’lgan jahon urushlari vaqtida.
  • Ko’chmas mulk bilan vaziyat qiziqroq. Shaxar markazlaridagi KM lar ko’plari buzilgan, portlatilgan, yokida tortib olishdan. Ammo shahardan uzoqda, qishloqdagi soddagina uylar ko’plab insonlarning hayoti va ba’zi boyliklarini saqlab qolishiga yordam bergan.
  • Antikvariyat, san’at asarlari ham bunday vaziyatda uncha yaxshi aktiv emas. Ularni saqlash, berkitish va transportirovka qilish qiyin. Faqatgina qimmat qo’l soatlarini yaxshi aktiv deb hisoblasak bo’ladi.

 

Demak, yaxshi diversifikatsiya qilingan sifatli invest portfelga hatto urushlar ham zarar yetkaza olmaydi.